PSJ futbolchisi uchun Bundesliganing 2 klubi kurash olib bormoqda

  • 23 iyun, 2019, 09:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yarim himoyachisi Kristofer Nkunku katta ehtimol bilan jamoadan ketadi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.

Tecno

O‘z navbatida parijliklar ham 21 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor. Biroq, uning transferi uchu 15 million evro talab qilishmoqda.

Nkunkuga esa Germaniyaning ikki klubi -  “RB Leyptsig” va “Volfsburg” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ammo, PSJ hozircha hech bir klubdan bu borada rasmiy taklif olgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Nkunku o‘tgan mavsum PSJ safida jami 32ta o‘yinda maydonga tushdi va 6ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!