PSJ katta maoshi sabab Neymardan qutulmoqchi. Yagona da’vogar — London klubi
Frantsiyaning PSJ klubi hujumchisi Neymar yangi mavsumdan faoliyatini Tumanli Albionda davom ettirishi mumkin. "Chelsi" 30 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘ib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Daily Star” nashri xabariga ko‘ra, "aristokratlar" Neymarni Romelu Lukakuga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Sababi, Belgiya terma jamoasi hujumchisi tez orada Milanning "Inter" klubiga ijaraga beriladi.
Avvalroq OAV parijliklar braziliyalikni 50 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyorligi haqida xabar bergan edi. Neymarning frantsuz klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. PSJ katta maosh sabab uni tezroq sotishga umid qilmoqda.
Forvard o‘tgan mavsum Liga 1 doirasidagi 22 uchrashuvda ishtirok etib, 13 gol va 6 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar