
PSJ katta transferni amalga oshirishga yaqin turibdi
PSJ 22 yoshli markaziy himoyachi Ilya Zabarniy bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Ben Jeykobsning hamkasbi Aleks Krukka tayanib yozishicha, Liga 1 grandi allaqachon "Bornmut" bilan ukrainalik futbolchining 63 million evrolik transfer summasini kelishib olgan.
Ayni paytda PSJ va "Bornmut" ushbu bitim doirasidagi qo‘shimcha shartlar, ya’ni bonus to‘lovlarini muhokama qilmoqda.
Ilya Zabarniy "Bornmut"da ikki yarim yil o‘tkazdi. Bu vaqt ichida ukrainalik himoyachi 86 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar