
PSJ Koutinoning agenti bilan muzokara o‘tkazdi
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Filippe Koutino faoliyatini PSJda davom ettirishga yaqin turibdi.
Paris United nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar sport direktori Antero Enrike 26 yoshli braziliyalik futbolchining agenti bilan muzokaralar o‘tkazgan. Frantsiya chempioni Koutinoni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Koutinoni 2018 yilning yanvarida 120 mln evroga “Liverpul”dan sotib olgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Koutino yakunlangan mavsum 54ta o‘yinda maydonga tushdi va 11ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar