PSJ Mbappe o‘rniga 3 ta yulduzni olib kelmoqchi

  • 12 aprel, 2021, 14:27
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘n yillikning eng yorqin yulduzi bo‘lishi kutilayotgan Kilian Mbappe faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkinligi haqida ko‘plab xabarlar yuribdi. Ispaniyaning mashhur AS nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, PSJ ham uning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Parijliklar rahbariyati frantsiyalik futbolchi bilan muzokaralar olib borgan. Biroq bu jarayon muvaffaqiyatsiz yakunlangan va katta ehtimol bilan, 22 yoshli vinger jamoadan ketadi. Mbappening o‘zi so‘nggi qarorini Chempionlar Ligasidagi ishtirokiga qarab, ma’lum qilmoqchi.

O‘z navbatida, Parij klubi uning o‘rniga bir necha nomzodlarni topib ulgurgan. Xususan, Lionel Messi, Xarri Keyn hamda Muhammad Salah yozda Frantsiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Jamoa sport direktori Leonardo Messi bilan shartnoma imzolashni istayotgan bo‘lsa, bosh murabbiy Pochettino "Liverpul" vingerini olib kelishni so‘ragan.

Joriy mavsum PSJ ichki birinchilikda 32-turdan keyin 2-pog‘onada bormoqda. Ular hisobida 66 ochko bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!