
PSJ Mbappe va Messi uchun Neymardan voz kechmoqda
PSJ rahbariyati mavsum yakunlanishi bilan braziliyalik legioner Neymarni sotib yuborishga qaror qildi.
Sport nashrining xabar berishicha, parijliklar Neymarni ketkazish orqali maoshlar fondini engillashtirishni ko‘zlamoqda. Bundan tashqari, rahbariyat yangi loyihani jahon chempionati finalida o‘zaro to‘qnash kelgan Kilian Mbappe va Lionel Messi atrofida shakllantiradigan bo‘ldi.
Manbaning ta’kidlashicha, Frantsiya chempioni Neymarni 100 million evroga bahlamoqda.
30 yoshli futbolchi Parijga 2017 yili “Barselona”dan ko‘chib o‘tgan edi. O‘shanda bu transfer 222 million evroga tushgan va jahon futbolidagi eng qimmat xarid hisoblanadi.
Neymar Parijga kelganidan beri jami 165 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 115 ta gol va 73 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar