
PSJ Messiga kutilmagan yurish qildi
PSJ hujumchisi Lionel Messining kelasi mavsumni qaysi jamoada boshlashi futbol jamoatchiligini qiziqtirib kelayotgan eng dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Yaqinda argentinalik yulduz ruxsatsiz Saudiya Arabistoniga borib kelgani vaziyatni murakkablashtirib yuborgan edi. PSJ o‘yinchidan voz kechishga, Messi ham ketishga tayyorligi aytilgandi.
Biroq, jahon chempionini ommaviy tarzda uzr so‘rashi vaziyatni tubdan o‘zgartirdi. Nufuzli nashr – The Times jurnalistlarining aniqlashicha, Parij klubi xo‘jayinlari Messini olib qolishga kirishgan.
Manbaning ta’kidlashicha, 35 yoshli futbolchi uzr so‘raganidan keyin unga mo‘may daromad ko‘rsatilgan yangi shartnoma berilgan. Lekin Messining o‘zi hali bu taklifga javob bergani yo‘q.
Hozircha, Messiga “Barselona”, “Al-Hilol” va “Inter Mayami” qiziqayotgani aniq. Biroq, o‘yinchining o‘zi bir qarorga kelishga shoshilmayapti.
Fikrlar