PSJ "Milan"dan rad javobini oldi

  • 11.05.2020 10:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Pari Sen-Jermen" klubi "Milan" yarim himoyachisi Ismael Bennaserni sotib olishga harakat qilib ko‘rdi, ammo rad javobini oldi.

Le10sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Frantsiya chempioni 22 yoshli futbolchi uchun “rossonerilar”ga 30 mln evro taklif qilishgan. “Milan” esa ushbu transfer uchun 40 mln evro talab qilgan. Endi parijliklar tez orada yana yangi taklif yuborishi kutilmoqda.

Bennaser joriy mavsum “Milan” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!