
PSJ muxlislari uchun "Real"ga qarshi o‘yindan oldin zo‘r xushxabar bor!
PSJning hujumkor yarim himoyachisi Anxel Di Mariyaning jarohati bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.
L'Équipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, argentinalik futbolchining jarohati u qadar jiddiy emas va u kelasi hafta "Real"ga qarshi bo‘ladigan Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvida jamoaga yordam bera oladi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ va "Real" o‘yini 15 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Di Mariya joriy mavsum PSJ safida jami 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar