
PSJ Neymarga yangi shartnoma taklif qiladi
PSJ klubi "Barselona"ga qaytishga urinayotgan hujumchisi Neymarni jamoada saqlab qolmoqchi.
Mashxur jurnalist Nikola Skiraning xabar qilishicha, Parij klubining sport direktori Leonardo 28 yoshli forvardga 2025 yilga qadar amal qiluvchi bitim taklif qilmoqchi va uning maoshini yiliga 38 mln evro qilib belgilaydi.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyunida o‘z nihoyasiga etadi va yiliga 31,6 mln evro maosh ishlab topadi.
Neymar jahonning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari ro‘yxatida Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") va Lionel Messi ("Barselona") dan keyin, uchinchi o‘rinda turadi.
Fikrlar