PSJ o‘z uyidagi ikki yillik mag‘lubiyatsiz seriyasini yakunladi
PSJ jamoasi Frantsiya chempionati 37-turi doirasida o‘z maydonida “Renn” futbolchilarini qabul qilib, kutilmaganda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, parijliklar mamlakat chempionati doirasida o‘z uyida 41 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi. So‘nggi marta PSJ 2016 yilning 20 mart kuni o‘z maydonida “Monako”ga 0:2 hisobida yutqazgandi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ bir necha tur avval Frantsiya chempionligini rasmiylashtirdi. Hisobida 92 ochko bo‘lgan parijliklar so‘nggi turni “Kan”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar