PSJ o‘zining to‘rtinchi libosini taqdim etdi
Frantsiyaning PSJ klubi 2025/2026 yilgi mavsum uchun to‘rtinchi libosini taqdimotini o‘tkazdi.

"Asosan qora, kulrang va pushti ranglar ishtirok etgan. Yangi liboslar chiroyli dizayn va zamonaviy ko‘rinishga ega. Markazini qizil chiziq ajratib turadi- bu esa klubning asosiy dizayniga ishora hisoblanadi" dedi klub matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, parijliklar Liga 1 ning 13-turidan so‘ng 30 ochko bilan musobaqa jadvalida etakchilik qilmoqda.



Fikrlar