PSJ Portugaliya terma jamoasining asosiy futbolchilaridan birini ko‘zlamoqda

  • 31.05.2026 17:22
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ darvozaboni Lyuka Shevalye kelasi mavsumda zahira darvozaboni sifatida qolishni istamaydi, shu sababli yaqin kunlarda klub rahbariyati bilan o‘z holatini muhokama qiladi. Bu haqida L’Equipe xabar bermoqda.

Manba maʼlumotlariga koʻra, Shevalyening PSJdan ketishi moliyaviy sabablarga koʻra oson boʻlmasligi mumkin. Shu bilan birga, L’Equipe portugalik manbalarga tayanib, fransuz klubi "Portu" va Portugaliya terma jamoasi darvozaboni Diogo Koshtaga katta qiziqish bildirayotganini, uning klub bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar moʻljallanganini taʼkidladi.

Shevalye 2025 yilning yozida "Lill"dan PSJga oʻtgan edi. OAV maʼlumotlariga koʻra, parijliklar darvozabon uchun 40 million yevro toʻlagan. Mavsum davomida Shevalye oʻz oʻrnini Matvey Safonovga yutqazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!