PSJ terma jamoaga chaqirilgan Safonovni tilga oldi. Klub dastlab uni termaga chaqirilganlar ro‘yxatiga qo‘shmagan edi

  • 4 sentabr, 17:47
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning PSJ klubi sentyabr oyidagi milliy terma jamoa o‘yinlariga chaqiriligan jamoa futbolchilaridan rossiyalik darvozabon Matvey Safonovni tilga oldi. 

Safonov klub saytida chop etilgan ro‘yxatga kiritilgan. Jamoaning "X" sahifasidagi postida ham rossiyalik tilga olinib, Parij klubi futbolchilari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan terma jamoa o‘yinlarida haqida ma’lumot berilgan. 

Dastlab, 3 sentyabr kuni PSJ o‘zining "X" sahifasida terma jamoaga chaqiriligan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi, ammo bu ro‘yxatda yo‘q edi. 

Darvozabon ayni vaqtda terma yig‘inida. Rossiya MTJ 4 sentyabr kuni Moskvada Iordaniya termasini qabul qilsa, 7 sentyabr kuni Qatarga qarshi bahs olib boradi. 


 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!