PSJ "Tottenxem" yarim himoyachisi bilan muzokara boshladi

  • 20 sentabr, 2020, 16:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Alli faoliyatini PSJ klubida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Parij klubi 24 yoshli futbolchining transferi borasida muzokaralarni boshlab yubordi, deb xabar bermoqda The Telegraph.

Frantsiyaliklar uzoq vaqtdan beri futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirib kelmoqda. Hozirda, Parij klubi transfer oynasi yopilguniga qadar, masalani hal qilishga ishonmoqda. Ammo futbolchini sotib olishi yoki ijaraga olishi ma’lum emas.

Avvalroq, Alliga "Inter" jamoasi tomonidan qiziqish bildirilayotgandi. Shu qatorda, futbolchini "Real" ham jamoaga taklif qildi.

APLning ketma-ket 2 ta tur uchrashuvida Alli qaydnomaga kiritilmadi. Uning "shporlar" bilan shartnomasi 2024 yili o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!