PSJ transfer bozorini “portlatmoqchi”. Nishonda uch nafar super yulduz!

  • 15 iyun, 2020, 21:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qimmatbaho futbolchilarni sotib olishni yaxshi ko‘radigan PSJ rahbarlari yozgi transferlar vaqtida uch nafar super futbolchini olib kelishga bel bog‘lagani oshkor bo‘ldi.

Tecno

PSJ xo‘jayinlari klub bosh murabbiyi Tomas Tuxelni qo‘llab-quvvatlash maqsadida jamoani tark etadigan Edinson Kavani o‘rniga yosh to‘purar Erling Xolandni, maydon markazida ustunlikni mustahkamlash uchun “Latsio”dan Sergey Milinkovich-Savichni va “Renn”dan Eduardo Kamavingani transfer qiladi.

Hisob-kitoblarga qaraganda, parijliklar bu uch futbolchi uchun 250-300 million evro xarajat qilishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!