
PSJ Turindan hujumchi kutyapti
Argentinalik hujumchi Paulo Dibalaning “Yuventus”dagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Tomonlar yangi bitim bo‘yicha kelisha olmadi. Turin klubi bu hujumchini yozda sotib yuborishi kutilmoqda.
Dibalaga xaridorlar etarli. Ular orasida PSJning imkoniyatlari yuqori hisoblanmoqda. Parijliklar Kilian Mbappeni saqlab qola olmasligi mumkin. Bundan tashqari, Mauro Ikardini transferga qo‘yadigan bo‘ldi.
Paulo Dibala ham o‘ziga taqdim etilayotgan o‘yin vaqti kamligidan shikoyat qilyapti va klubni tark etishga tayyor. Argentinalik futbolchi Evropa Chempionlar ligasida muntazam qatnashadigan har qanday klub bilan hamkorlik qilishga tayyor.
Unga “Manchester Yunayted” va “ Tottenxem”dan ham takliflar bo‘lmoqda.
Dibala joriy mavsumda A Seriyada 14 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urdi va ikkita golli pas uzatdi.
Fikrlar