PSJ va "Atletiko" ham Risharlison uchun kurashga qo‘shildi
PSJ va "Atletiko" Madrid klubi "Everton" hujumchisi Risharlisonga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatmoqda.
Ular 22 yoshli braziliyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davridayoq sotib olishmoqchi. Ta’kidlash lozimki, “irischilar” uni 50 mln evroga baholashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Risharlison uchun shuningdek "Barselona" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalar ham kurash olib borishmoqda.
Ma’lumot uchun, Risharlison joriy mavsum “Everton” safida jami 38ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 14ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar