PSJ yana bir yulduzni nishonga oldi

  • 7 fevral, 2023, 20:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Parij klubi tarkibini kuchaytirish maqsadida “Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Portugaliyalik futbolchi 2017 yildan beri Xosep Gvardiola qo‘l ostida to‘p tepib kelmoqda. Shu paytga qadar 282 ta uchrashuvda maydonga tushib, 50 ta gol va 56 ta assist qayl etdi.

Silvaning manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. 28 yoshli o‘yinchi keyinga paytda Manchesterni tark etish borasida bir necha marotaba o‘z fikrini bildirgan.   

Transfer summasi 80 million evroga baholanayotgan Bernarduning o‘zi “Real” yoki “Barselona” variantiga moyil bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!