
PSJda bosh murabbiy masalasida 10 ta nomzod bor
PSJ rahbariyati mavsumlar oralig‘ida jamoa bosh murabbiyini almashtirmoqchi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, jamoaning amaldagi ustozi Maurisio Pochettino katta ehtimol bilan yozda o‘z lavozimini tark etadi. Uning o‘rniga ayni damda ishsiz yurgan Zinedin Zidan hamda "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Shuningdek, parijliklarning short-listidan Massimiliano Allegri ("Yuventus"), Antonio Konte ("Tottenxem"), Erik ten Xag ("Ayaks"), Kristof Galte ("Nitstsa"), Mikel Arteta ("Arsenal"), Simone Indzagi ("Inter"), Lyusen Favr (ishsiz) va Tyago Motta ("Spetsiya") kabi mutaxassislar nomzodi.
Fikrlar