PSJga Neymarning futbolkasi sotuvidan tushgan pulning 10-15 foizi nasib qiladi xolos

  • 7 avgust, 2017, 12:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilasizmi, yaqindagina “Barselona”dan 222 mln evro evaziga Neymarni sotib olgan PSJ uning futbolkalari sotuvidan tushgan pul bilan futbolchining transferiga sarflagan mablag‘larni qoplay olmaydi.

Tecno

Sport yuristi Jeyk Koenning so‘zlariga ko‘ra Evropaning top klublari o‘zlarini sport ekipirovkalari bilan ta’minlaydigan kompaniyalardan har yili homiylik mablag‘lari olishadi. Masalan "Manchester Yunayted" Adidasdan bir yilda 75 mln funt,  “Chelsi” esa Nikedan 60 mln funt, “Arsenal” esa Pumadan 30 mln funt olishadi. Shuningdek ushbu jamoalarga futbolkalardan tushgan mablag‘ning 10-15 foizi miqdorida qo‘shimcha bonus ham beriladi.

Bunga asosiy sabab ushbu liboslarni tikish va ularni millionlab nushada sotish  uchun klublar dunyo bo‘ylab o‘zlarining sotuv tarmoqlariga ega emas.

Aytish lozimki, Nike (PSJning texnik hamkori) joriy yilning mart, aprel va may oylarida jami 7 milliard funt daromad ko‘rgan. Bu esa deyarli 112 yil tarixga ega “Chelsi”nikidan ancha ko‘p demakdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!