PSJga qarshi javob uchrashuvi oldidan "Real" muxlislari uchun noxush xabar tarqaldi
“Real Madrid” yarim himoyachisi Toni Kroos jarohat tufayli safdan chiqdi.
Marca nashrining xabar berishicha, Kroos “Betis”ga qarshi uchrashuvni o‘tqazib yuborishi aniq. Ammo 6 mart kuni EChL 1/8 finali doirasida o‘tqaziladigan PSJga qarshi bahsda futbolchi qatnashadimi yo‘q hali noaniq.
Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli futbolchi ushbu mavsumda “Real” tarkibida 19 marta maydonga tushgan, 4 marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan va 4ta golli uzatma oshirishga erishgan.

Fikrlar