PSJning transferlar ro‘yxatida 14 nafar futbolchi bor. Nomlar ham ma’lum

  • 6 may, 2023, 08:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning PSJ klubi skautlari jamoani jiddiy ravishda kuchaytirish uchun nomzodlar qidirmoqda. Parij grandining transferlar ro‘yxatida 14 nafar futbolchi bor.

Frantsuz klubi uchun nomzodlar: Emerik Lyaport, Lukas Ernandes, Evan N’Dika, Fikayo Tomori, Manu Kone, Kefren Turam, Yusuf Fofana, Ibrohim Sangare, Mussa Diabi, Maykl Olis, Rayan Cherki, Bernardu Silva, Randal Kolo-Muani va Viktor Osimhen.

Avvalroq PSJ yozda argentinalik Lionel Messi va braziliyalik Neymar bilan xayrlashmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Liga 1ning 33-turidan so‘ng parijliklar 75 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!