
Pulishich AQSh terma jamoasiga yordam berolmaydi
“Chelsi” klubi yarim himoyachisi Kristian Polushich jarohat sabab bo‘lajak o‘yinlarda AQSh terma jamoasiga yordam berolmaydi.
Xabarlarga qaraganda Pulishich APLning 12-turidan o‘rin olgan “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinda sonidan jarohat olgan. Hozircha shifokorlar uning qachon safga qaytishi bo‘yicha aniq ma’lumot berishmayapti.
Aytish lozimki, AQSh terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida Kanada va Kuba terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli Pulishich bu mavsum hozircha “Chelsi” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar