Pxyonchxan-2018: Asli qozog‘istonlik biatlonchi qiz Belarus termasi bilan Olimpiada chempioni bo‘ldi

CHERY AUTO

Bugun Pxyonchxan Olimpiadasining navbatdagi kun bellashuvlari o‘z yakuniga etib bormoqda. Kunning eng qiziqarli bahsi biatlon bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi estafeta poygasi bo‘lishi kutilayotgan edi. Yakunda shunday ham bo‘ldi. 

Tecno

Darya Domracheva boshchiligidagi Belarus terma jamoasi kutilmaganda ushbu yo‘nalishda Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdi. Ushbu terma jamoa safida, shuningdek, tajribali bo‘lgan Nadejda Skardino, Irina Kryuko va 1996 yili Qozog‘istonda tug‘ilib, keyinchalik Belarusga ko‘chib ketgan Dinara Alimbekava ham bor.

Kumush medal Shvetsiya terma jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, frantsuzlar marraga uchinchi bo‘lib kelishdi. G‘oliblikka asosiy da’vogar sanalgan Germaniya terma jamoasi esa bor yo‘g‘i sakkizinchi natijani qayd etdi. 

Biatlon. Ayollar, estafeta. 

1. Belarus

2. Shvetsiya

3. Frantsiya

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!