Pxyonchxan-2018: Frantsuzlar aralash estafetada g‘olib bo‘lishdi

CHERY AUTO

Bir necha daqiqa avval Pxyonchxan Olimpiadasida biatlonning aralash estafeta yo‘nalashida g‘olib va sovrindor jamoa vakillari aniqlab olindi. 

Tecno

Olimpiadalar tarixida ikkinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu yo‘nalishda Frantsiya terma jamoasi oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Jamoa tarkibida harakat qilgan Marten Furkad Olimpiadalarda jamg‘argan oltin medallarini sonini 5taga etkazib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Peshqadamga 20,9 soniya imkoniyatni boy bergan va ushbu yo‘nalish bo‘yicha Sochi Olimpiadasi chempioni Norvegiya terma jamoasi bu gal kumush medal bilan cheklandi. 

Ta’kidlash lozimki, barchasidan ham bronza medali uchun kechgan bahs ancha qiziq bo‘ldi. Italiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasida o‘tgan o‘ziga xos duelda Dominik Vindishning qo‘li baland keldi. 

Biatlon. Aralash estafeta. 

1. Frantsiya (Mari Doren Aber, Anais Beskon, Simon Deste, Marten Furkad) – 1:08.04,3 (0+4)
2. Norvegiya (Marte Ulsbyu, Tiril Ekxoff, Yoxannes Bo, Emil Xegle Svensen) – 20,9 (1+11)
3. Italiya (Liza Vittotstsi, Doroteya Virer, Lukas Xofer, Dominik Vindish) – 26,9 (0+7)
4. Germaniya (Vanessa Xints, Laura Dalmayer, Erik Lesser, Arnd Payffer) – 27,2 (1+7) ...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!