
"Qaroqchi" ikki hamyurtimiz bilan bir turnirda ishtirok etadi!
Co‘nggi jangida Maykl Peyjdan mag‘lubiyatga uchragan "Shara Bullet" (15-1) yozda yana oktagonga qaytadi. Aniqrog‘i, u 26 iyul sanasida Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan "UFC on ABC 9" turnirida Mark-Andre Barrio(17-9)ga qarshi jang qiladi.
Kanadalik MMA ustasi "UFC 315" turnirida Bruno Silvani birinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi.
Eslatib o‘tamiz, Abu-Dabidagi mazkur turnirda ikki hamyurtimiz ham ishtirok etadi. Bogdan Guskov (17-3) Ukraina vakili Nikita Krylov(30-10)ga qarshi oktagonga ko‘tarilsa, Ramazon Temirov (19-3) qozog‘istonlik Asu Almabaev (21-3) bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar