
Qatarda tennischilar 1.386.665 dollar uchun bahslashmoqda
Tennis bo‘yicha ATR tomonidan Qatarning Doxa shahrida o‘tkazilayotgan “Qatar ExxonMobil Open – 2018” turnirida mukofot puli 1.386.665 AQSh dollarini tashkil etmoqda.
Musobaqaning birinchi davrasida avstriyalik Dominik Tim rossiyalik Evgeniy Donskoyni 7:6, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, xorvatiyalik Borna Chorich ispaniyalik Pablo Karreno-Bustaga qarshi kortga chiqdi. Birinchi setni 5:7 hisobida boy berib qo‘ygan Borna ikkinchi va uchinchi setlarda 6:2, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi.
Shuningdek, dastlabki davrada Yan-Lennard Shtruff (Germaniya), Gido Pelya (Argentina), Rishar Gaske (Frantsiya), Piter Goyovchik (Germaniya), Fernando Verdasko (Ispaniya), Felisiano Lopes (Ispaniya), Nikoloz Basilashvili (Gruziya), Stefanos Tsitsipas (Gretsiya), Matteo Berrettini (Italiya), Gael Monfis (Frantsiya), Stefano Travali (Italiya), Alyaj Bedene (Buyuk Britaniya), Mirza Basich (Bosniya va Gertsegovina) g‘alaba qozondi.
Fikrlar