“Qayrat” darvozaboni Chempionlar ligasi tarixidan joy oldi!

  • 23 oktabr, 17:41
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qayrat” klubi darvozaboni Temirlan Anarbekov Chempionlar ligasi tarixida "Sofascore" portali tomonidan 10 ballik  bahoga sazovor bo‘lgan uchinchi darvozabon bo‘ldi.

Tecno

"U nafaqat Chempionlar ligasida debyut qildi (avvalgi ikki o‘yinni jarohati sabab o‘tkazib yuborgan edi), balki 22 yoshli qozog‘istonlik futbolchi ma’lumotlar bazasida 10 ballik bahoga ega bo‘lgan uchinchi darvozabon sifatida tarixga kirdi”, — deyiladi "Sofascore"ning rasmiy Instagram sahifasida.

Ma’lumot uchun, musobaqaning 3-turidan o‘rin olgan “Qayrat” — “Pafos” uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi. Ushbu bahsda Anarbekov beshta seyv amalga oshirdi va jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida tan olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!