"Qayrat" o‘rtoqlik uchrashuvida yirik hisobda yutqazdi. Jaloliddinov zaxiradan tushirildi
Qozog‘istonning "Qayrat" jamoasi "Dinamo" Kievga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur bahsda Ukraina klubi yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Qayrat" safida harakat qilayotgan legionerimiz Jasur Jaloliddinov bellashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va ikkinchi bo‘limda o‘yinga qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval "Navbahor" o‘rtoqlik o‘yinida "Qayrat"ni mag‘lub etgandi.
Fikrlar