Qayrat" prezidenti: “Real" bilan o‘yin butun mamlakatni birlashtirdi"
"Qayrat" klubi prezidenti Qayrat Boranboev “Real”ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.
30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvida qozog‘istonliklar o‘z maydonida “Real Madrid”ni qabul qilgan edi. Bellashuvda madridliklar 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“Hisob uchun qayg‘urmadik, chunki kimga qarshi o‘ynayotganimizni yaxshi bilardik. Bu katta tajriba va qaysi yo‘nalishda rivojlanishimiz kerakligini ko‘rsatdi. Tomoshabinlar aldamaydi — ular jamoa qanchalik harakat qilganini his qildi. Hatto 0:5 dan keyin ham muxlislar qarsak chalishdi. Bu o‘ziga xos hodisa."
Bu uchrashuvga odamlar tomonidan katta qiziqish bo‘lishini kutgan edik. Bu nafaqat futbol, balki shahar va mamlakat obro‘si uchun ham muhim tajriba. “Eng muhimi odamlar birlashdi, bir oyga bo‘lsa-da tashvishlardan chetga chiqdi. Axir, dunyodagi eng kuchli klub "Real" mehmon bo‘lib keldi",-- dedi jamoa rahbari.



Fikrlar