Qaysi futbolchi Ronalduga eng yaxshi tandem bo‘lishi mumkin?

  • 20 mart, 2020, 23:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mashhur hujumchi Luka Toni "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronalduga eng yaxshi tandem bo‘la oladigan futbolchi kimligini aytdi.

Tecno

“Bu "Manchester Siti" futbolchisi Gabriel Jezus deb o‘ylayman. Krishtianu Ronaldu sof markaziy hujumchi emas. Ammo, u eng ko‘p gol uradigan futbolchi. Braziliyalik futbolchi unga juda mos sherik bo‘lgan bo‘lardi. U ham juda ko‘p gol uradi va boshqalar uchun bo‘sh zona yuzaga keltira oladi. U endigina 22 yoshda”, - deydi Toni.

Gabriel Jezus joriy mavsum “Siti” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushdi va 18 ta gol hamda 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 70 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!