
Qaytdi, gol urdi va ketdi
Superliganing 24-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" va "Surxon" o‘yini nihoyasiga etdi. Mazkur bahsda "qaldirg‘ochlar" 2:1 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning 63-daqiqasida uzoq tanaffusdan keyin Farruh Ikromov maydonga tushdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, hujumchi o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Qizig‘i, Farruh gol nishonlashda hissiyotlarini jilovlay olmaganligi uchun hakam tomonidan chetlatildi.
Eslatib o‘tamiz, Ikromov O‘zbekiston terma jamoasi safida Shvetsiyaga qarshi o‘yinda og‘ir jarohat olgandi.
Fikrlar