
Qibrayda T20 O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi
Joriy yilning 20-27 oktyabr kunlari Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan "ANFA" xalqaro kriket stadionida O‘zbekiston kriket federatsiyasi tomonidan T20 formatdagi O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston kriket federatsiyasining yillik-taqvim rejasidan o‘rin olgan mazkur ochiq chempionatda Toshkentning "ANFA", "Toshkent Warriors"," "Safron Tigres", Tashkent super kings", "Salar star Tashkent", Buxoro viloyatining "Bukhara Defenders" hamda Farg‘onaning "Fergana Rangers" jamoalari bosh sovrin uchun o‘zaro bahs olib borishdi.
Bir hafta davom etgan chempionatda raqiblarini ortda qoldirgan Toshkentning "Salar star Tashkent " hamda Farg‘onaning "Fergana Rangers" jamoalari finalgacha etib keldi. Kecha 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi final uchrashuvda 147:95 hisobida g‘alaba qozongan "Salar star Tashkent " jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, chempionlikni tantana qildi.
Chempionatining taqdirlash marosimida O‘zbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliev ishtirok etib, birinchi o‘rin uchun ajratilgan 20 000 000 so‘m pul mukofoti hamda kubokni chempion jamoaga tantanali tarzda topshirdi.
Shu tariqa kriket bo‘yicha T20 formatdagi O‘zbekiston ochiq chempionati yakunlandi. Ta’kidlash joiz, ushbu ochiq chempionat milliy terma jamoaga saralash vazifasini ham o‘tab berdi.
Fikrlar