Qilichbozlarimiz jahon kubogida ishtirok etishadi
27 yanvar kuni Germaniyaning Xayderxaym shahrida qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. E’tiborlisi, shpaga yo‘nalishida kechadigan ushbu musobaqada terma jamoamiz sportchilari ishtirok etishadi. Ruslan Kudaev qo‘l ostidagi jamoa ayni damda Germaniyaga etib borgan va musobaqaga so‘nggi tayyorgarlik bosqichini o‘tkazishmoqda.
Xalqaro qiliqbozlik federatsiyasining rasmiy saytida 4 nafar sportchilarimiz ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan. Ushbu ro‘yxatga tayanabigan bo‘lsak, jahon kubogida Roman Aleksandrov, Igor Knyazev, Javohirbek Nurmatov va Oleg Sokolov musobaqada qatnashishadi.

Fikrlar