Qilichbozlik. Sablyachi yigitlarimiz jamoaviy dasturda ham tengsiz

  • 8 noyabr, 2023, 00:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlari o‘z yakuniga etdi. Eron poytaxtida o‘tgan sablya bo‘yicha yigitlar o‘rtasidagi bellashuvlarda ham yurtdoshlarimiz ajoyib natija qayd etishdi.

Tecno

Jamoaviy dasturda ishtirok etgan Islombek Abdazov, Azizbek Dauletnazarov hamda Sardor Abdukarimbekov triosi barcha raqiblarni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

Chempionlik uchun kechgan final bellashuvida yigitlarimiz Turkiya jamoasini 45:42 hisobida dog‘da qoldirishdi. Qayd etish joiz, jamoa etakchisi Islombek Abdazov yakkalik bosqichida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!