Qimmatroq ketadi! "Bavariya" futbolchisini Saudiya Arabistoniga sotmoqchi
«Bavariya» hozir Sasha Boeni sotish bo‘yicha faol harakat qilmoqda. Yevropa yetakchi chempionatlarida yozgi transfer oynasi yopilganiга qaramay, ayrim mamlakatlarda bozor hali ham ochiq. Jumladan, Saudiya Arabistonida.
Yaqinda jurnalist Kristof Froynd Boening jamoani tark etishi ehtimoli katta emasligini aytdi. Unga ko‘ra, agar futbolchi boshqa klubga o‘tmasa, «Bavariya» uni yana asosiy tarkibga qaytarishga urinib ko‘radi.
Shu bilan birga, CFBayern Insider nashriga ko‘ra, jurnalist Kristian Falk ma’lumot berishicha, myunxenliklar hozirda Saudiya Arabistoni klublari bilan Boeni sotish yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.
O‘ng qanot himoyachisi «Bavariya» bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga ega, biroq u Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga qarshi emas. Bugun myunxenliklar kelishuvni rasmiylashtirishga ulgurgan-ulgurmagani ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar