
Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan turnirda o‘zbekistonlik shifokorlar munosib ishtirok etdi
Qirg‘izistonda 40 yoshdan yuqori bo‘lgan shifokorlar o‘rtasida an’anaviy futbol turniri tashkil etildi.
Unda mezbon Qirg‘iziston, Rossiya, Belarus, Turkmaniston hamda O‘zbekistondan jami 10 ta jamoa ishtirok etdi.
Quvonarlisi, o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlari mazkur turnirda ikkinchi pog‘onani qo‘lga kiritdi: Shuningdek, vakillarimiz bir qator shaxsiy sovrinlarga ham ega chiqdi:
Eng yaxshi darvozabon: Sherzodbek Mamatxodjaev (O‘zbekiston)
Eng yaxshi pleymeyker: Abdulmajid Mahmudov (O‘zbekiston)
Eng yaxshi faxriy o‘yinchi: Tojiboev Mirzoxid (O‘zbekiston)
Qayd etish lozim, mazkur turnirda mezbon Qirg‘iziston (Osh) g‘alaba qozondi:
1-o‘rin: Qirg‘iziston (Osh viloyati)
2-o‘rin: O‘zbekiston
3-o‘rin: Rossiya
Fikrlar