
Qiyin tanlov. Zo‘r futbolchi to‘rt granddan chorlov oldi
“Vilyarreal” himoyachisi Pau Torres yozda grand klublardan biriga o‘tish imkoniga ega bo‘lmoqda. Iste’dodli futbolchiga Evropaning bir necha chempionatlaridan jiddiy takliflar yuborilmoqda.
Xususan, Pau Torresga “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Bavariya” va “Real” xaridor hisoblanadi.
24 yoshli markaziy himoyachining transfer summasi 60 million evroni tashkil qilmoqda. “Vilyarreal” o‘tgan yozda etakchi futbolchisini ushlab qolgan edi, biroq bu gal buning uddasidan chiqa olmasligi haqiqatga yaqin.
Pau Torres joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 26 ta uchrashuvda himoyani mustahkam ushlab turish barobarida raqiblar darvozasiga ikkita gol kiritishga ham erishdi.
Fikrlar