"Qizilqum" 3:0 hisobidagi mag‘lubiyatdan qutulib ketdi

  • 4 fevral, 23:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Navoiyning “Qizilqum” klubi bugun “Aral”ga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etdi.

Tecno

Bellashuvda 6 ta gol urildi va juda qiziqarli tarzda kechdi.

Pro liga vakili Superliga jamoasiga qarshi startni ajoyib boshladi. Ayniqsa, birinchi bo‘limda nukusliklar javobsiz uchta gol urishning uddasidan chiqdilar.

Ammo ikkinchi bo‘limda o‘yinga qayta olgan “Qizilqum” kambek amalga oshirgan holda 3:0 ni 3:3 ga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi.

Gollar: B.Axmadjonov, 1:0. Z.Quvanishbaev, 2:0 D.Ismoilov, 3:0. J.Jigauri, 3:1. D.Rahmatilloev, 3:2. Sh.Turopov,  3:3.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!