
"Qizilqum" Armaniston etakchisi bilan durang o‘ynadi
Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirayotgan Navoiyning “Qizilqum” jamoasi kutilganidek nazorat uchrashuvlarini o‘tkazishga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Chunki bunday bellashuvlar orqali o‘yin sifatini yaxshilashga alohida ahamiyat qaratishmoqda.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra navbatdagi uchrashuv Armanistonning “Shirak” klubiga qarshi o‘tkazildi. Keskin kurashlar ostida kechgan bahsda esa g‘olib nomi aniqlanmadi. “Qizilqum” legioneri Ruslan Margiev tomonidan kiritilgan golga raqib a’zolari uchrashuv oxirlarida javob qaytarishdi. Shu tariqa, “Qizilqum” – “Shirak” o‘rtasidagi bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Shuningdek, jamoa tarkibida yana yangi o‘yinchilar qo‘shilishi ham kutilmoqda.
“Qizilqum” tarkibi: Ruslan Matniyozov, Abdi Bashimov, Salim Mustafoev, Muhsin Ubaydullaev, Oleg Tolmasov, Arslan Ilyosov, Ruslan Margiev, Alisher Sanoev, Sherali Jo‘raev, Sunnat Abdullajonov, Doston Ibragimov.
Zaxiradagilar: Artyom Makosin, Sardor Jahonov, Nodir Kamolov, Humoyun Abdualimov, Xurshid Olimov, Vohid Shodiev, Aziz Usmonov, Fayzulla Qambarov, Mirjalol Qosimov.
Fikrlar