
"Qizilqum" Temur To‘xtasinovning ustidan PFLga arz qildi
"Birinchi bo‘limda o‘yinimiz unchalik qovushmadi. Ammo ikkinchi bo‘limda raqib darvozasi oldida ko‘plab hujumlar uyushtirishga erishdik. Biroq, hakamlarning bo‘lar bo‘lmasga xushtak chalib, o‘yinni to‘xtatib qo‘yishi ko‘pchilikni g‘azablantirdi.
Qolaversa, mehmonlar jarima maydonchasi ichida ikki bor futbolchilarimizga nisbatan qo‘pollik ishlatilsada, bosh hakam buni e’tiborsiz qoldirdi. Bu futbolchilarimizga ham ruhiy ta’sir o‘tkazmay qolmadi. Uchrashuvdan keyin o‘yin nazoratchisi va komissar bilan o‘sha vaziyatlarni ko‘rib chiqdik. Ular ham hakamning qo‘pol xatolarini ko‘rishdi. Biz rasman PFLga shikoyat bilan murojaat qildik. Albatta, bizning ham xatomiz bo‘ldi. Shu sabab mag‘lub bo‘ldik", - deb Aktamovning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Qizilqum" matbuot xizmati.
Fikrlar