"Qizilqum" yana bir legioner futbolchi transferini e’lon qildi

  • 10 iyul, 2023, 14:51
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing ikkinchi davrasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qizilqum" jamoasi tarkibni kuchaytirish maqsadida navbatdagi transferni amalga oshirdi.

Gruziya chempioni hamda kubogi sohibi hisoblangan, gruziyalik yarim himoyachi Akaki Shulaya endilikda navoiyliklar sharafini himoya qiladi.

Akaki Shulaya haqida ma’lumot:

Ismi: Akaki Shulaya
Tug‘ilgan kuni: 06.09.1996 y
Tug‘ilgan joyi: Martvili — Gruziya
Pozitsiyasi: O‘ng qanot yarim himoyachisi
O‘ynagan jamoalari: "Merani Martvili" (Gruziya), "Tsxinval" (Gruziya), "Sioni" (Gruziya), "Dinamo Tbilisi" (Gruziya), "Saburtalo" (Gruziya), "Torpeda Kutaisi" (Gruziya).

Avvalroq, "oltin izlovchilar" Giorgi Kuxianidzening klubga qaytganini e’lon qilgandi.

"Qizilqum" klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!