
Qiziq tvit: "Siti" navbatdagi "yirtqich" himoyachini sotib olmoqchi, ammo odamlar...
"Lans" safida to‘p tepayotgan legionerimiz Abduqodir Husanovga "Manchester Siti" so‘nggi paytlarda jiddiy qiziqish bildirmoqda. Uning "shaharliklar" safiga o‘tishi mumkinligi haqida bir necha kun avval Fabritsio Romano xabar bergandi.
Taniqli insayder biroz avval ham mazkur transfer masalasida o‘zining "X" sahifasida post qoldirdi va unda klub bilan ham, futbolchi bilan ham muzokaralar davom etayotganligi ta’kidlandi.
"X" foydalanuvchisi ushbu transfer haqida qiziq post yozib qoldidri:
"Manchester Siti" navbatdagi "yirtqich" himoyachi Abduqodir Husanovni sotib olmoqchi. Yaqin orada odamlar Pep tayyor futbolchilarni sotib oladi, deb gapirishni boshlaydi!
Fikrlar