
Qoldirilgan Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi
Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarining yangi sanalari ma’lum bo‘ldi.
Osiyo Olimpiya kengashi bir yilga kechiktirilgan Xanchjou-2022 XIX Osiyo o‘yinlarining yangi sanalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, musobaqa 2023 yil 23 sentyabr – 8 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari joriy yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi belgilangandi. Biroq koronavirusning yangi to‘lqini sabab 6 may kuni Toshkentda o‘tgan OOK Ijroiya qo‘mitasining 77-yig‘ilishida musobaqa boshqa muddatga ko‘chirilishi e’lon qilingan edi.
Fikrlar