
Qo‘lidan jarohat olgan Umar Nurmagomedov faoliyatini yakunladimi?
"UFC 311" turnirida gruziyalik Merab Dvalishvilidan engilgan Umar Nurmagomedov oktagonga qachon qaytishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda rossiyalikning menejeri Ali Abdel-Aziz xabar berdi.
“To‘g‘ri, Umarning qo‘lidagi jarohat jiddiyroq bo‘lsa-da, faoliyatini davom ettira oladi. Ertaga u operatsiya qilinadi. Nurmagomedov yozning boshi yoki o‘rtalarida qaytishi kutilmoqda” — deb yozdi menejer ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 311" da gi mag‘lubiyat Umar Nurmagomedov uchun faoliyatidagi birinchisi edi.
Fikrlar