"Qo‘qon-1912" - "Andijon" uchrashuviga oid 22 yillik seriya bugun barham topadimi yoki davom etadi?
Bugun Coca Cola Superligasida 12-turdan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Andijon" uchrashuvi o‘tkaziladi. Qo‘qonliklar matbuot xizmati o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
"Qo‘qon-1912" jamoasi "Andijon" bilan bo‘lib o‘tgan so‘nggi 6 uchrashuvda mag‘lub bo‘lmagan.
Ushbu jamoalar ishtirokidagi so‘nggi oltita uchrashuvda qayd etilgan natijalar:
27.11.2019. Andijon - Qo‘qon-1912 - 1:1
31.03.2019. Qo‘qon-1912 – Andijon - 0:0
13.08.2016. Andijon - Qo‘qon-1912 - 0:2
02.04.2016. Qo‘qon-1912 - Andijon - 1:0
22.08.2015. Andijon - Qo‘qon-1912 - 1:2
11.04.2015. Qo‘qon-1912 - Andijon - 0:0
"Shunqorlar" mezbon bo‘lgan o‘yinlarda 22 yildan buyon "Andijon"ga yutqazgani yo‘q. Demak, 1998 yildan beri davom etayotgan an’ana bugun barham topadimi yoki davom etishini bilib olamiz.

Fikrlar