“Qo‘qon-1912” - “Navbahor” uchrashuvi boshqa derbilar va markaziy o‘yinlardan tomoshabop, deb topildi

  • 19 avgust, 2022, 12:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

16-18 avgust kunlari Superliganing 16-turi o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Tecno

Ushbu turda birorta oddiy o‘yin o‘tkazilmadi. Hammasida o‘ziga xos qarama-qarshiliklar kuzatildi. Yaypanda “Vodiy derbisi”, Toshkentda ikki kunda poytaxtning 4 jamoasi o‘zaro to‘qnashdi, Navoiyda “voha derbisi”, Olmaliqda ispanlar dueli va Qarshida markaziy o‘yinlardan birining shohidiga aylandik.

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.

Bu gal stadionlarimizga jami 19726 tomoshabin tashrif buyurdi. Har bir bellashuvga o‘rtacha 3288ni tashkil qiladi. 

16-turda 6 ta o‘yin o‘tkazildi. “So‘g‘diyona” - “Neftchi” bahsi jizzaxliklarning OFK kubogidagi uchrashuvi sabab boshqa sanaga ko‘chirildi. PFL matbuot xizmati ushbu bellashuv 13 sentyabrda o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Eng ko‘p muxlis Yaypanda. “Qo‘qon-1912” viloyatning boshqa arenasida "Navbahor"ni qabul qildi. Bellashuvga 7271 tomoshabin tashrif buyurdi. “O‘zbekiston” stadioniga kelgan muxlislar ketgan vaqtiga hech ham achinmadi. Chunki bellashuv chindan ham ajoyib o‘tdi.

photo_2022-08-16_21-01-30

Muxlislar tashrifidan kelib chiqsak, qiziqarliligi jihatdan Qarshidagi o‘yin ikkinchi o‘rinni egalladi. “Nasaf” - AGMK bahsini 6235 ishqiboz stadiondan kuzatdi.

photo_2022-08-17_21-21-36

Navoiyda kechgan bahs ham muxlislarni o‘ziga tortdi. "Qizilqum" - "Dinamo" uchrashuviga 3612 tomoshabin keldi. Shu kuni Navoiyda O‘zbek futbolining 110 yilligi tantanalari o‘tkazildi.

Eng kam ishqiboz Toshkent viloyatida. “Surxon” stadioni bilan bog‘liq masalalarni hal etgunga qadar boshqa maydonlarda o‘ynamoqda. Shu bois termizliklar “Metallurg”ni Olmaliqda qabul qildi. Bellashuvga 340 ishqiboz tashrif buyurdi. Xatto “Toshkent derbi”lariga ham mingdan ortiq tomoshabin keldi.

IMG_2922

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

“Qo‘qon-1912” - “Navbahor” 1:1. 7271 tomoshabin

“Nasaf” - AGMK 0:0. 6235 tomoshabin

“Qizilqum” - “Dinamo” 4:1. 3612 tomoshabin

“Paxtakor” - “Olimpik” 1:1. 1212 tomoshabin

“Lokomotiv” - “Bunyodkor” 0:0. 1056 tomoshabin

“Surxon” - “Metallurg” 1:2. 340 tomoshabin

 

Bekzod ISAEV

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!