
"Qo‘qon-1912": Ertaga yangi yilning dastlabki "derbi"si bo‘ladi
Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Qo‘qon-1912" jamaoasi Toshkent shahridagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda.
Ertaga "shunqorlar" yangi yildagi dastlabki o‘yinini o‘tkazishadi. Sparing-raqib vazifasini Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi o‘tab beradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Qo‘qon-1912" hamda "Neftchi" jamoalari o‘rtasidagi nazorat o‘yini ertaga, 16 yanvar kuni, soat 12:00da, Toshkentdagi "To‘qimachi" stadionida boshlanadi.
Fikrlar