"Qo‘qon-1912" "Nasaf"ga qarshi o‘yinni Qarshida o‘tkazadi
Ma’lumki Qo‘qondagi “Markaziy” stadionning chimi yangilanishi bois stadionimizda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan edi. Ayni paytga kelib, “Markaziy” stadionning maydoni barchaning havasini keltiradigan darajaga keldi. Biroq, mutaxassislar yana biroz sabr qilishni tavsiya etishgani bois klub rahbariyati mutaxassislarning fikrlarini inobatga olishdi. Hozir shoshma-shosharlik bilan o‘yin o‘tkazib, yana maydon borasidagi muammolarga duch kelmaslik uchun ham shunday qarorga kelingan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Aytgancha, stadionning yoritkichlari ham ta’mirlandi va zamonaviy ko‘rinishga keltirildi. Qo‘shimcha yoritgichlar o‘rnatilib , PFL talab qilayotgan yorug‘likni ta’minlashga erishildi.
Shuning uchun yangi ta’mirdan chiqarilgan stadionda mavsumning birinchi o‘yinini jamoa iyun oyida o‘tkazadigan bo‘ldi. Stadiondagi dastlabki bahsda muxlislar“Markaziy” stadionning yangicha va zamonaviy ko‘rinishdagi qiyofasidan baharamand bo‘lishadi.

Fikrlar